Bu voqea Chelyabinsk shahrida sodir bo`ldi. Mazkur shaharda yashovchi Artyom Mixeevga bank xodimi 200 ming rubl berish o`rniga adashib, 400 ming rubl berib yubordi. Artyom pulni sanab ko`rmay, uyiga yo`l oldi. Uyga kelganda esa kassir unga 200 ming rubl o`rniga 400 ming rubl berganini ko`rdi. U hech ikkilanmay orqaga qaytib, “Birovning haqi kerak emas”, degancha ortiqcha berib yuborilgan mablag`ni bank xodimiga qaytarib berdi. Qani endi hamma shu tamoyil bilan yashaganda...






