O`tgan haftada O`zbekistonda jami 154 yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Oqibatda 138 fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, deb yozadi O`zA.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Hafta davomida yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 88 ming 333 qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 44 ming 732 tasini qo`pol qoidabuzarliklar tashkil etadi. Jumladan, 2 ming 118 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 13 ming 591 holatda belgilangan tezlik talabi buzilgan, 1081 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasiga amal qilmagan.
Harakat vaqtida telefondan foydalangan 897 nafar, xavfsizlik tasmasini taqmagan 14 ming 218 nafar haydovchiga nisbatan tegishli choralar ko`rilgan.
25.12.2017 15:56
O`TGAN HAFTADA 154 YO`L-TRANSPORT HODISASI SODIR ETILGAN. 138 FUQARO JAROHATLANGAN






