AsosiyJamiyat

Yoshlar o`z muammolarini to`g`ridan-to`g`ri hokimga aytishdi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Chimboy tumani hokimi Userboy Qozoqboev yoshlar bilan uchrashuv o`tkazdi. Unda bank, soliq idoralari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish inspeksiyasi rahbarlari, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishtirok etdi, deya xabar beradi O`zA.

Qizg`in fikr-mulohazalarga boy o`tgan uchrashuvda yoshlarning bandligini ta`minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilishiga ko`maklashish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Tadbirda yoshlar o`z taklif-mulohazalari, hayotda uchraydigan ayrim muammolar to`g`risidagi dadil fikrlari bilan faol qatnashdi. Masalan, Chimboy iqtisodiyot kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Jenis Bozorboev o`zining biznes loyihasi bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Uning aholiga servis xizmati ko`rsatishga yo`naltirilgan bu loyihasi bank xodimlari tomonidan ma`qullanib, imtiyozli kredit ajratiladigan bo`ldi.

Yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytarildi.     

 

    Boshqa yangiliklar