Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 20 dekabr soat 01.30 larda noma`lum shaxs Dahbed shaharchasi hududida joylashgan oshxona oldida qarovsiz qoldirilgan shu shaharchada yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan I.A.ga tegishli “Lasetti”, avtomashinasini haydab qochgan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, ushbu jinoyatni Oqdaryo tumanida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan A.H. sodir etganligi aniqlanib ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






