1

DENOVLIK FERMER FIRIBGAR EKAN

Jinoyat 26.12.2017, 10:26
DENOVLIK FERMER FIRIBGAR EKAN

Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi Surxon-Diyor mahallasida istiqomat qiluvchi fermer M.K. fermer xo`jaligi er maydonida noqonuniy qurilgan uy-joylarni xususiylashtirish bahonasida ikki mahalladoshini laqillatdi, deb yozadi O`zA.

2017 yil noyabr oyida fermer shu maqsadda ulardan uch ming dollar oladi. Keyinchalik fuqarolardan biriga ming dollarni qaytarib bergan fermer boshqasining ikki ming dollarini sarflab yuboradi.

Tergov-surishtiruv ishlari davomida fermer er maydonidan qonunga zid ravishda uy-joy qurgan ikki mahalladoshidan kadastr hujjatlarini tayyorlash uchun, deya shu yil fevral oyida ham pul olgani ma`lum bo`ldi.

Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, yakunlanayotgan yil vohada firibgarlik bilan bog`liq jinoyatlar o`tgan yilning shu davriga nisbatan 70 taga kamayib, 315 tani tashkil etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1