AsosiyShou-biznes

"Muqimiy" teatri rahbarsiz qoldi

"Muqimiy" o`zbek davlat musiqiy teatri rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan O`zbekiston xalq artisti Murod Rajabov ushbu lavozimni tark etdi.

Sayyod.uz sayti ma`lumotlariga ko`ra, bunga sabab o`zaro ichki nizo bo`lib, Murod Rajabov bilan o`tkazilgan so`nggi majlis uning rahbarligiga yakun yasadi. Bu bilan bog`liq mojarolar va arizalar ketma-ketligi turli mutasaddi idoralaru, xuquqni ximoya qiluvchi organlar eshigini "taqillat"moqda.    

Teatr xodimlarining so`zlariga ko`ra, O`zbekiston xalq artisti Mirza Azizov boshchiligidagi aktyorlarning bir guruhi Murod Rajabovning ketishiga sababchi bo`lgan bo`lsa, boshqa guruh esa aksincha, aynan uning davrida teatr rejasi 148 foizgacha o`sganligini hamda axloqsizlik, buzuqchilik va hattoki ichkilikbozlikka ham chek qo`yilganligini e`tirof etishmoqda.    

Ayni damda teatr holati achinarli bo`lib, aktyorlar istagan liboslarida saxnaga chiqib, ssenariydan chetlashib, og`ziga kelgan narsalarni aytib yuborish holatlari kuzatilmoqda, deb yozadi nashr.

Eslatib o`tamiz, Murod Rajabov teatr rahbari lavozimida 2010 yildan beri faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar