AsosiyDunyo

ER AHOLISI BIR YILDA 78,5 MILLIONGA KO`PAYDI

'ER AHOLISI BIR YILDA 78,5 MILLIONGA KO`PAYDI'ning rasmi

AQSh ro`yxatga olish byurosi mutaxassislari o`z hisob-kitoblariga asoslanib buni ma`lum qildi.

Yangi yilning ilk lahzasida 7 444 443 881-inson dunyoga keladi. Bu ko`rsatkichni 2017 yilning 1 yanvar holati bilan taqqoslaganda, aholi 78,5 milliontaga ko`payganini bilib olish mumkin. Aholi o`sish darajasi yakunlanayotgan yilda 1,7 foizni tashkil qilmoqda.

2018 yilning yanvar oyida har lahzada 4 chaqaloq tug`ilishi kutilmoqda deb, «Rossiya-24» telekanali xabar bermoqda.

AQSh ro`yxatga olish byurosi oldingi ma`lumotida 2050 yilga borib er yuzi aholisi 9 milliardga etishini bildirgan edi.

Ma`lumot uchun: XI asrda Er yuzida 310 million nafar atrofida inson yashagan bo`lsa, 1900 yilda bu ko`rsatgich 1,6 milliardni tashkil qilgan. Oradan salkam bir asr o`tib, jami aholi soni 6 milliardga etdi. 7 milliardlik ko`rsatkichga 2011 yilda erishildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar