30 dekabr kuni 4R6 «Toshkent—Chirchiq—Chimyon» trassasining 69-kilometrida yo`lning qatnov qismi ko`chki oqibatida jiddiy zarar ko`rdi va shu tufayli mazkur yo`nalishda qatnovlar vaqtincha yopilgan. Bu haqda O`zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda qatnovlar eski aylanma yo`l orqali engil avtomobillarda amalga oshirilmoqda.
Eski yo`l ob-havo sharoiti keskin o`zgaradigan vaqtlarda ayniqsa talablarga javob bermasligi sabab, Chimyonga avtobus va mikroavtobuslarda harakatlanish vaqtincha to`xtatilgan.






