1

YaNGI YIL OLDIDAN OLIB QOChILGAN AVTOMOBIL TOPILDI

Jinoyat 02.01.2018, 12:58
YaNGI YIL OLDIDAN OLIB QOChILGAN AVTOMOBIL TOPILDI

2017 yilning 29 dekabr kuni soat taxminan 20:30 larda Sirg`ali tumanidagi xonadon hovlisida «VAZ-2106» rusumli mashina qarovsiz turganligi hamda kaliti o`t oldirish joyida bo`lganligidan foydalanib, olib qochilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

IIBB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomobil Sirg`ali tumani, Qumariq ko`chasida topilgan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, mashinani olib qochgan shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1