AQShning Baffalo shahriga yaqin joyda havoning keskin pasayishi va qorli uyumlar sabab juda katta YTH sodir bo`ldi, deya xabar qildi AVS nashri.
Unda 35 avtomashina bir-biriga to`qnash keldi. Shundan 25 tasi engil avtomashina va 10 ta yuk mashinasi (fura) bo`lgan.
YTH oqibatida bir nafar inson halok bo`ldi. Bir kishi esa og`ir ahvolda kasalxonaga etkazilgan.






