Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) shaxmatchilarning 1 yanvar holati uchun yangi reytingini e`lon qildi, deya xabar qildi "Olamsport" nashri.
Dunyo shaxmatchilarining yangi reytingida amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen 2834 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. U rapid yo`nalishi reytingida 2880 ochko bilan karvonboshi bo`lib turibdi. Blisda ham aynan Karlsen 2965 ochko bilan peshqadam.
Hamyurtimiz 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov esa 2683 ochko bilan 60-o`rinda qayd etilgan. O`zbekistonlik grossmeyster rapid yo`nalishi reytingida 2698 ochko bilan 53, blisda esa 2693 punkt bilan 55-o`rinni egallab turibdi.






