1

ShAVKAT MIRZIYoEV: HAR BIR TIZIMDAGI O`ZGARIShLARNI JOYLARDA ODAMLAR SEZIShI KERAK

Jamiyat 04.01.2018, 09:58
ShAVKAT MIRZIYoEV: HAR BIR TIZIMDAGI O`ZGARIShLARNI JOYLARDA ODAMLAR SEZIShI KERAK

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2018 yil 3 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.


Yig`ilishda Bosh vazir va uning o`rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, vazirlik, idora va xo`jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Ma`lumki, davlatimiz rahbarining 2017 yil 27 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, hukumat apparati qayta shakllantirilgan edi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Ta`lim, sog`liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi hamda Investisiyalar, innovasion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi tashkil etilgandi.

Yig`ilishda mazkur ikki kompleksning o`tgan davrdagi faoliyati tahlil qilinib, 2018 yilga mo`ljallangan rejalari va eng ustuvor vazifalari muhokama etildi.

Prezidentimiz kun tartibidagi masalaga tanqidiy yondashib, aksariyat tashkilotlar o`z faoliyatini zamon talablari darajasida tashkil eta olmayotgani, qabul qilingan qaror va dasturlarni bajarishda sustkashlikka yo`l qo`yayotganini ta`kidladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni, ijro organlari ishidagi o`zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak. Buning uchun quyi bo`g`indagi ishlar samaradorligini oshirish, oddiy odamlarning dardi va tashvishi bilan yashash barcha rahbar va mutasaddilar faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoev.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi zamonaviy davlatchiligimizda ulkan o`zgarish yasagan tarixiy voqea bo`ldi. Unda 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni bilan birga mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Yig`ilishda Murojaatnomadan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar oldida turgan muhim vazifalari haqida so`z yuritildi. Amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish, maktab ta`limi sifatini oshirish, test sinovlari va oliy o`quv yurtlari faoliyatini takomillashtirish, sportchilarning bo`lg`usi musobaqalarga tayyorlash borasidagi ishlarga e`tibor qaratildi. Sog`liqni saqlash tizimini yaxshilash, farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq vazifalarga to`xtalib o`tildi.

Yig`ilishda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta`minlash, jumladan, qat`iy pul-valyuta siyosatini yuritish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini kuchaytirish, xorijiy investisiyalarni keng jalb etish, zamonaviy sanoat korxonalari barpo etish, yangi ish o`rinlari yaratish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish kabi masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1