1

ENDI HAJGA BORIShDA JAMOATChILIK FIKRI O`RGANILADI

Jamiyat 04.01.2018, 10:20
ENDI HAJGA BORIShDA JAMOATChILIK FIKRI O`RGANILADI

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1031-son qarori bilan «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga asosan, ziyoratga bormoqchi bo`lgan fuqaro oldin Hajga bormagan bo`lishi lozim (oldingi talab so`nggi besh yil mobaynida Hajga bormagan bo`lishi kerak edi).

Bundan tashqari, mahallalarda Hajga borishga nomzodlarni saralab olish uchun ishchi guruhlar tuziladi. Hajga borishga navbatga qo`yilgan nomzodlar ro`yxati tegishli hududdagi masjid va o`zini o`zi boshqarish organlarining binolarida e`lon qilinadi hamda 15 kun mobaynida ular bo`yicha jamoatchilik fikri o`rganiladi.

Ishchi guruhlar nomzodlar bo`yicha jamoatchilik fikri va e`tirozlarini 5 kun muddatda tekshirishi lozim bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1