PEDAGOG KADRLAR 5 YILDA KAMIDA BIR MARTA MALAKA OShIRIShI ShART

Jamiyat 04.01.2018, 10:24
PEDAGOG KADRLAR 5 YILDA KAMIDA BIR MARTA MALAKA OShIRIShI ShART

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1026-son qarori bilan Maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra pedagog kadrlar 5 yilda kamida bir marta malaka oshirishi shart.

Pedagog kadrlarning malakasi “ustoz–shogird” usuli bo`yicha o`qitish; mustaqil o`qib bilim orttirish; masofaviy ta`lim; stajirovka shaklida tajriba oshirish kabi shakllarda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari Nizomga ko`ra qayta tayyorlash natijasida berilgan hujjat (diplom) muayyan lavozimda faoliyat yuritish yoki muayyan fanlar bo`yicha o`quv mashg`ulotlarini olib borish huquqini beradi.

Hujjatning to`liq matni bilan www.lex.uz orqali tanishishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1