O`zbekistonga kelayotgan sayyohlar elektron vizani internet orqali rasmiylashtirib, aeroportda olishlari mumkin bo`ladi
Ushbu yilning avgust oyiga qadar O`zbekistonda elektron vizalar berish jarayoni ishga tushadi.
Yangi tartib sayyohlarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy etilgan. Bundan buyon O`zbekistonga kelayotgan sayyohlar elektron viza uchun anketadi Internet orqali rasmiylashtirib, unga ijobiy yoki salbiy javob olishlari mumkin bo`ladi.
Ushbu ishni amalga oshirish uchun kerak bo`ladigan asbob-uskunalar sotib olish, O`zbekistonda amal qilayotgan biometrik pasport tizimi asosida maxsus dasturlar ishlab chiqarish hamda sinovdan o`tkazish ushbu yilning yoz mavsumi oxiriga qadar amalga oshiriladi”, — deyilgan Davlat turizmni rivojlantirish qo`mitasi xabarida.
Elektron vizalar sayyohlarga, ularning arizalari asosida O`zbekiston aeroportlarida beriladi. Vizalar uchun to`lovlar Visa vaMasterCard kabi xalqaro plastik kartalar orqali amalga oshiriladi.






