AsosiyDunyo

ROSSIYa MUDOFAA VAZIRLIGI SURIYaDA 7 SAMOLYoT YO`Q QILINGANI HAQIDAGI XABARNI INKOR ETDI

'ROSSIYa MUDOFAA VAZIRLIGI SURIYaDA 7 SAMOLYoT YO`Q QILINGANI HAQIDAGI XABARNI INKOR ETDI 'ning rasmi

31 dekabr tunida Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim harbiy bazasi jangarilar tomonidan minomyotlardan o`qqa tutilgani, hujum oqibatida ikki nafar harbiy xizmatchi qurbon bo`lgani, 7 ta samolyot yo`q qilingani haqida ma`lumot berilgan edi, deb xabar qildi “RIA novosti” nashri.

Mudofaa vazirligi bir qator nashrlar tomonidan tarqatilgan, xabarlarni inkor qilib, ikki nafar harbiy xizmatchi qurbon bo`lganini xabar qildi.

Mazkur xabarda Rossiya harbiy kuchlarining 7 ta samolyoti yo`q qilingani “yolg`on”, deyilgan.

MV xabariga ko`ra, ayni damda, aviabaza himoyasi Suriya harbiy xizmatchilari hisobidan kuchaytirilgan. Hududda terrorchilarni aniqlash va yo`q qilishgan qaratilgan maxsus operasiya olib borilmoqda. Rossiya Harbiy-havo kuchlari o`z zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarni to`liq bajarishga shayligini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar