AsosiyJamiyat

FVV KEChKI VAQTLARDA QAMChIQ DOVONI ORQALI SAFARGA ChIQMASLIKNI TAVSIYa QILMOQDA

'FVV KEChKI VAQTLARDA QAMChIQ DOVONI ORQALI SAFARGA ChIQMASLIKNI TAVSIYa QILMOQDA'ning rasmi

4—5 yanvar kunlari Qamchiq dovoni hududida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Kunduzi havo harorati 2—4 daraja, kechasi 4—6 daraja sovuqni tashkil etadi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

G`arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15—20 metrgacha metrgacha kuchayishi mumkin.

FVV favqulodda vaziyatlarga duch kelmaslik uchun kechki vaqtda Qamchiq dovoni orqali safarga chiqmaslik hamda ob-havo ma`lumotlariga aniqlik kiritishni tavsiya qildi.

Dovonda haydovchi va yo`lovchilar qutqaruvchilar, shifokorlar va YHXB xodimlari kun-u tun navbatchilik qilayotgan doimiy faoliyat ko`rsatuvchi postlarga (postlar ro`yxati) yordam so`rab murojaat qilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar