AsosiyJamiyat

5 YaNVAR KUNI MAMLAKATIMIZDA KUTILAYoTGAN OB-HAVO MA`LUMOTI

'5 YaNVAR KUNI MAMLAKATIMIZDA KUTILAYoTGAN OB-HAVO MA`LUMOTI'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 5 yanvar kuni Toshkent shahrida havo bulutli bo`ladi, yomg`ir yog`ishi mumkin. Kechasi 0 - +2 daraja, kunduzi +6 - +8 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi -3 - +2 daraja, kunduzi 0 - +5 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, tuman tushishi kutilmoqda. Kechasi -2 - +3 daraja, kunduzi +5 - +10 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir va qor yog`ishi mumkin. Kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi +5 - +10 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatilarida havo o`zgarib turadi, tuman tushishi kutilyapti. Kechasi +2 - +7, kunduzi +7 - +12 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg`ona vodiysi viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, yomg`ir va qor yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 - +3 daraja sovuq, kunduzi +3 - +8 daraja iliq bo`lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog`li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o`zgarib turadi, qor va yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Kechasi -5 - 0 daraja, kunduzi 0 - +5 daraja ilishi mumkin. Nurafshonda esa kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi +5 - +10 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

    Boshqa yangiliklar