Ijtimoiy tarmoqlarda baliqchilarning qo`lidan ularning o`ljasini tortib olishga harakat qilayotgan tulki aks etgan video tarqaldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Mazkur rolikni baliqchilardan biri videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Videoyozuvda uning muallifi voqea o`tgan yilning dekabr oyida ular baliq oviga borishganda Oltoy o`lkasida yuz berganligini ma`lum qilgan.
Kadrda yovvoyi hayvon odamlardan cho`chimay, ularning o`ljasini tortib olishga harakat qilayotganligini ko`rish mumkin. Baliqchilardan biri tulki bilan biroz tortishgach, bitta baliqni unga hadya qilgan. Tulki esa baliqni tishlagancha o`rmonga kirib ketgan.






