1

KXDR raketalari nishonga olinadi

Dunyo 05.04.2014, 10:21
KXDR raketalari nishonga olinadi

Yaponiya mudofaa vaziri Isunori Onodera Shimoliy Koreya raketalari hamda ularning bo`laklari mamlakat hududiga tahdid solgan taqdirda ularni nishonga olishni buyurdi. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar beradi.  

Buyruq payshanba kuni berilgan, biroq hukumat ushbu ko`rilgan chorani barchaga ma`lum qilishni istamadi. Buyruq 25 aprel kunigacha o`z kuchida qoladi. O`sha kuni KXDRda Milliy armiya tarkib topgan kun nishonlanadi.

Koreya xalq demokratik respublikasi mart oyining oxirida ikkita taqiqlangan ballistik raketani uchirgan. O`rta masofaga uchuvchi "Nodon" rekatalari 10 daqiqa oralig`i bilan Sukchxon hududidan Yaponiya dengizi tomon uchirilgan. Ular taxminan 650 kilometr uzoqlikka uchirilgan edi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1