1

Afg`onistonda prezidentlik saylovlari boshlandi

Dunyo 05.04.2014, 10:53
Afg`onistonda prezidentlik saylovlari boshlandi

Shanba kuni Afg`onistonda prezidentlik saylovlari boshlandi. Ovoz berish 28 mingdan ziyod saylov uchastkalarida o`tkaziladi. Bu haqda day.az  nashri xabar bermoqda. 

Afg`oniston fuqarolari mamlakatning ko`p yillik prezidenti Hamid Karzayning davomchisini tanlashlari lozim. Hamid Karzay 2001 yil tolibonlarning hukumatdan ag`darilganidan buyon mamlakatga rahbarlik qilib kelmoqda. Ammo, u uchinchi muddatga saylana olmaydi. 

Davlatning yangi rahbarini juda qiyin masalalar kutmoqda. Masalan, yangi saylangan prezident xalqaro ittifoq harbiylarini mamlakatdan chiqib ketishi hamda mamlakat xavfsizligini ta`minlashi kerak bo`ladi.  

Saylovda uch nafar nomzod g`alabaga da`vogarlik qilmoqda. Ular - sobiq ichki ishlar vaziri Rasul Zalmay, sobiq moliya vaziri Ashraf G`ani Ahmadzay va sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla.  Shanba kundagi saylovlarda nomzodlardan biri 50 foizdan ortiq ovoz to`play olmasa, 28 may kuni saylovning ikkinchi bosqichi o`tkaziladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1