1

BIZ HAMIShA BIRGA BO`LAMIZ!

Mutolaa 06.01.2018, 10:21
BIZ HAMIShA BIRGA BO`LAMIZ!

Tanishdilar... Uchrashib yurdilar... Sevishdilar... Fotihadan bir kun oldin yigit kutilmaganda yana uchrashuvga chaqirdi. Zarur gapi borligini aytdi. Qiz bir amallab bordi. Yuragi gup gup urar, miyasida ming hayol! Tinchlikmikin deb xavotirda edi... Yigit ko`p gapirmadi. Ikki og`iz gap. Keyin uy-uyiga qaytishdi... Oradan o`n yil o`tdi. Ayol o`shanda bo`lajak eri aytgan so`zlarni eslamagan kuni yo`q. Eri uchun ham o`zi aytgan so`zlari yod bo`lib ketgan. Shu yillar ichida ko`p narsa bo`ldi... To`y... Farzandlar tug`ilishi... Quvonch, baxt... Keyin esa janjal ketidan janjal... Suv yaxshigina loyqalangan paytlari ko`p bo`ldi... Ammo har safar tinardi... Turmushni ko`p mushtlarini eyishdi! Etishmovchilik... Rashk orqasidan janjallar! Lekin bir-biridan ayrilmadilar. Sababi esa o`sha kundagi so`zlarda edi: "Nima bo`lsa ham. Baxtli kunlarda ham, teskari bo`lib kelisholmay qolsak ham, o`rtada rishta uzilgandek tuyulsa ham bir ishni hech qachon tark etmaymiz. Bir birimizni qo`limizni qo`yib yubormaymiz. Ushlash og`riq bersa ham, kaftlarimiz bir birini kuydirsa ham! Hech qachon qo`yib yubormaymiz!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1