O`zbekiston viloyatlari chegarasidagi yana 12 ta muntazam yo`l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarning faoliyati tugatildi, deb xabar qiladi IIV matbuot xizmati.
IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi ma`lumotiga ko`ra, shu kunga qadar avtomobil yo`llarida joylashgan jami 66 ta, shundan 23 tasi muntazam yo`l-patrul xizmati maskanlari, 19 tasi blok postlar va 24 tasi to`siq postlari olib tashlandi.






