Meksikaning Verakrus shtatida 5 kishining boshi va bo`laklargaa bo`lingan jasadi qoldiqlari topildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Polisiyaning ma`lumot berishicha, jinoyatchilar Tlakotalpan munisipalitetidagi yo`lda taksi mashinasi kapotida 5 ta tanasidan judo qilingan boshni qoldirgan. Mashina ichidan o`ldirilganlarning tana qoldiqlari solingan qora paketlar topilgan.
Jinoyatchilar Meksikaning «Xalisko — yangi avlod» karteli nomidan «maktub» ham qoldirdi. Bu qotillikka narkomafiya aloqadorligini ko`rsatadi.
Nashrning xabar berishicha, Verakrus shtatida ilgari ikkita — “Los-Setas” va “Ko`rfaz” nomli narkokartellar faoliyat yuritgan bo`lsa, endi ularning safiga “Xalisko” nomli guruh ham qo`shilgan. Ular AQShga giyohvandlik moddasi etkazib berish bo`yicha raqobatlashadi.