Ozarboyjon poxtaxti Boku shahrida yo`lovchi avtobusining YTHga uchrashi oqibatida o`n ikki nafar odam jabrlandi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Ozarboyjon Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, avtohalokat Bokuning eng serqatnov magistrallaridan biri – Suraxan tumani hududidagi Zix shossesida sodir bo`lgan.
Avtobus boshqaruvni yo`qotib, ag`darilib ketgan. 12 kishi turli jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Ba`zi OAV bergan ma`lumotga ko`ra esa avtohalokat oqibatida 14 kishi jabr ko`rgan.
Dastlabki axborotga asosan, YTH ning sababi avtobus haydovchisining tezlikni oshirgani deb ko`rsatilmoqda.