1

YaNGI TA`SIS ETILGAN "EHTIROM" MUKOFOTI BILAN 34 IJODKOR TAQDIRLANDI

Madaniyat 07.01.2018, 11:35
YaNGI TA`SIS ETILGAN "EHTIROM" MUKOFOTI BILAN 34 IJODKOR TAQDIRLANDI

Poytaxtimizda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat va san`at sohalaridagi "Ehtirom" mukofoti sohiblarini taqdirlashga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi, deb yozadi O`zA.

Yurtimizda faol va samarali ijod qilayotgan san`at va madaniyat vakillari hamda o`z ijodiy tajribasi bilan yoshlarga ibrat bo`layotgan ustoz san`atkorlarni qo`llab-quvvatlash hamda rag`batlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan "Ehtirom" mukofoti ta`sis etildi.

O`zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov hamda Yulduz Usmonova "Yil estrada xonandasi" nominasiyasi g`olibi deb topilgan bo`lsa, O`zbekiston xalq artisti Munojot Yo`lchieva "Yil an`anaviy qo`shiq ijrochisi" nominasiyasi sovrindori bo`ldi.
BEK_6987.JPG

O`zbekiston xalq artisti, aktrisa Yayra Abdullaeva "Sahnamiz farishtasi", O`zbekiston xalq artisti, rejissyor Bahodir Yo`ldoshev "Yil rejissyori" nominasiyalari g`olibi bo`ldi.

"Yil dramaturgi" deb O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist, yozuvchi Qo`chqor Norqobil e`tirof etilgan bo`lsa, "Kreativ loyihalar muallifi" sifatida esa O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi direktori Firdavs Abduxoliqov ko`rsatildi.

Mukofot "Yil spektakli", "Yil aktrisasi", "Yil aktyori", "Yil rejissyori", "Yil teatr rassomi", "Yil dramaturgi", "Yil teatrshunosi", "Yil an`anaviy qo`shiq ijrochisi", "Yil estrada xonandasi", "Yil klipmaykeri", "Yil orkestri", "Yil musiqa sayqalchisi", "Yil sozandasi", "Yil baletmeysteri", "Yil balet artisti", "Yil raqqosasi", "Yil folklor jamoasi", "Tasviriy san`at jonkuyari", "Madaniyat sohasining faol ommaviy axborot xodimi", "Yil teleradiojurnalisti", "Yil ijtimoiy tarmog`i", "Sahnamiz farishtasi", "Ko`p yillik samarali mehnatlari uchun", "Tashabbuskor hududiy boshqarma boshlig`i", "Kreativ loyihalar muallifi", "Yil madaniyat jonkuyari", "Yil muzey xodimi", "Eng namunali madaniyat va aholi dam olish markazi", "Yil fidoyi madaniyat xodimi", "Yil madaniy meros ob`ekti xodimi", "Yil madaniyat sohasining tashabbuskor hokimi", "Yilning faol suxandoni" nominasiyalari bo`yicha san`at va madaniyat sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan 34 ijodkorga topshirildi.
BEK_7000.JPG

Yangi ta`sis etilgan "Ehtirom" mukofotining o`ziga xosligi shundan iboratki, u yil davomida san`at va madaniyatimizning turli yo`nalishlarida samarali mehnat qilgan ijodkorlarni xalqimizga tanitadi, ularga rag`bat va ehtirom ko`rsatadi.

– Bunday mukofotga munosib topilganim muzeyimiz jamoasining mehnatlari samarasidir, – deydi O`zbekiston davlat san`at muzeyi direktori Vasila Fayzieva. – Yil davomida badiiy, amaliy san`atga oid milliy merosimizni namoyish etuvchi ko`rgazmalar, anjumanlar muzeyda ko`plab o`tkazildi. Ular ulg`ayib kelayotgan avlod ma`naviyatini boyitishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda san`at va madaniyat sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan ijodkorlar "Ehtirom" mukofotining diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1