AQSh prezidenti Barak Obamaning ammasi Zeytuni Onyango ko`p yillar davomida AQSh hududida noqonunan yashab kelgan. Seshanba kuni esa u Bostondagi reabilitasiya markazida 61 yoshida hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda USA Today telekanali xabar bermoqda.
Ayolning advokati Margaret Vonning aytishicha, Obamaning qarindoshiga o`limidan avval saraton kasalligi tashhisi qo`yilgan.
Onyango 2000 yilda AQShga tashrif buyurgan va ikki yildan so`ng hukumatdan siyosiy boshpana so`ragan. Ammo, unga rad javobini berishgan. Qarorga ko`ra, 2004 yilda u noqonuniy migrant sifatida deportasiya qilinishi kerak bo`lgan. U ko`p vaqt davomida Massachusets shtatida istiqomad qilib kelgan va faqatgina 2008 yili jiyani prezident etib saylanishidan avvalroq OAV e`tiboriga tushgan. Oq uy matbuoti xizmati prezident ammasining qanday holatda yashagani haqida ma`lumotlari yo`qligini aytishgan.
2010 yil esa AQSh hukumati Onyango Keniyaga qaytgan taqdirda unga prezident bilan qarindoshligi bo`lgani uchun o`lim jazosiga hukm qilinishi mumkinligi munosabati bilan unga AQSh siyosiy boshpana taqdim etgan.