AsosiySiyosat

O`zbekistonda Buyuk Kelajak ekspert kengashi tuziladi

'O`zbekistonda Buyuk Kelajak ekspert kengashi tuziladi'ning rasmi

O`zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo`yicha ekspert kengashi tuziladi. Unga xorijdagi o`zbekistonliklar jalb etiladi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

O`zbekistonda Buyuk Kelajak ekspert kengashi tuzilmoqda. Unda huquq, moliya, ta`lim va tibbiyot sohalaridagi etakchi mutaxassislar ishtirok etadi. Ekspert kengashi tarkibiga chet elda katta obro`-e`tibor qozonib, o`z faoliyatini O`zbekistondan tashqarida olib borayotgan vatandoshlarimiz kiritiladi.

Buyuk Kelajak ekspert kengashining asosiy maqsadi O`zbekistonning 2035 yilgacha bo`lgan taraqqiyot modelini ishlab chiqishdan iborat. Bunda xalqaro tajribani inobatga olinib, O`zbekiston bozorini xolis baholanadi. Asosiysi, bu jarayonda xorijda katta obro`-nufuzga ega o`zbekistonliklarning shaxsiy tajribasi inobatga olinadi.

    Boshqa yangiliklar