AsosiyJamiyat

Namanganda 6 ta post tugatildi

'Namanganda 6 ta post tugatildi'ning rasmi

Namangan viloyatida 16 post, jumladan, 3 yo`l-patrul xizmati posti, 6 nazorat maskani va 7 hamkorlikdagi blok-post maskanlari faoliyat ko`rsatar edi.

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, fuqarolar huquq va erkinlarlarini ta`minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish, viloyatlararo savdo aloqalarini rivojlantirish maqsadida mazkur postlardan ayrimlari olib tashlandi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, mavjud postlarning ahamiyati va samaradorligi boshqarmaning sohaviy xizmatlari xodimlaridan iborat komissiya tomonidan o`rganib chiqildi. Komissiya xulosasiga asosan Namangan shahridagi “Angor” yo`l-patrul xizmati va “Orzu” nazorat maskani, Mingbuloq tumanidagi “Qiziltol”, Kosonsoy tumanidagi “Buloq”, Pop tumanidagi “Navbahor” va “Qo`shtepa” nazorat maskanlari faoliyati maqsadga muvofiq emas, deb topildi . Mazkur postlar tugatilib, transport vositalarining erkin va to`siqsiz harakatlanishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar