1

Ayolni to`g`ridan-to`g`ri efir vaqtida tunashdi (VIDEO)

Dunyo 10.04.2014, 16:39
Ayolni to`g`ridan-to`g`ri efir vaqtida tunashdi (VIDEO)

Braziliyalik ayol Rio-De-Janeyrodagi jinoyatlar soni ko`pligi haqida intervyu berayotgan bir vaqtda uni tunab ketishdi. 

Ismi oshkor etilmagan ayol polisiya xodimlarining yo`qligi haqida gapirayotgan paytda, o`g`ri uning bo`ynidagi zanjirini olib qochadi.  

Intervyuni olayotgan RJTV xodimi o`g`rining ketidan quvlaydi. Ammo, jinoyatchi yosh bo`lganligi sababli qochib ketishga ulguradi. 

Rio jinoyatlar soni ko`pligi bilan mashhur hisoblanadi. Ayniqsa shahar tashqarisida  jinoiy guruhlar faoliyatini hamda giyohvand moddalar savdosini ko`p uchratish mumkin. 
Ushbu video joriy yilning yoz oylarida bo`lib o`tadigan jahon chempionatiga tashrif buyuruvchi futbol muxlislarini ogoh bo`lishga undaydi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1