AsosiyJamiyat

Mo`ynoqda og`ir jinoyatlar soni 50 foizga kamaydi

'Mo`ynoqda og`ir jinoyatlar soni 50 foizga kamaydi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonning Mo`ynoq tumanida o`tgan 2017 yilning 11 oyida umumiy jinoyatchilik 39,5 foizga kamaydi, og`ir jinoyatlar 50 foizga kamaygan bo`lsa, o`ta og`ir jinoyatlar sodir bo`lmadi. Bu haqda, tuman prokuroriga asoslanib, «KRuz.uz» nashri xabar berdi.

Tumanda 72 banddan iborat chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Sanoat, xizmat ko`rsatish, servis va qishloq xo`jaligi sohalarida 52 ta tadbirkorlik sub`ektlari tashkil etilib, ularda yuzlab yangi ish o`rinlari barpo etildi va fuqarolarning bandligi ta`minlandi.

Fuqarolar, tadbirkorlar, mahalla va ijtimoiy soha ob`ektlariga qulay bo`lishi uchun tuman prokuroriga biriktirilgan 2-sektor hududida «Mo`ynoq sanoat-transport kasb-hunar kolleji» binosida markaziy shtab tashkil etildi. Uyma-uy yurish orqali o`rganilgan xonadonlarning 125 tasida turli muammolar aniqlanib, shundan 35 tasi joyida hal etilgan bo`lsa, qolganlari bos­qichma-bosqich bartaraf etish uchun yo`l xaritasiga kiritildi.

    Boshqa yangiliklar