AsosiySport

“Neftchi” bugun holing nechuk?..

So`nggi vaqtlarda Farg`onaning “Neftchi” jamoasi atrofida bong urayotgan turli yolg`on va haqiqat ohangidagi gaplar bizning ham e`tiborimizni o`ziga tortdi. Ahir O`zbekiston Iftihori sanalgan, mamlakatimizning birinchi chempioni “Neftchi” jar yoqasida turgan ekan, biz bunga qanday qilib befarq bo`lamiz.

“Neftchi” futbol jamoasi atrofida bo`layotgan gap-so`zlar sizning ham qulog`ingizga chalingan bo`lsa kerak. Bu mish-mishlarining qaysi biri haqiqat va yolg`onligini aniqlash maqsadida jurnalist Jamshid Hojiakbarov surishtiruv o`tkazdi.

Xo`sh, futbol murabbiyini nega oilaviy jamoa tuzganlikda ayblashdi? Yuriy Sarkisyan "Neftchi"dan nega ketdi? Futbolchilar haqiqatdan ham jamoadan norozimi? Xo`sh, Farg`onada futbolning rivojlanishiga to`sqinlik qilayotganlar kimlar?...

Shu kabi ohiri yo`q savollarga javob hamda jamoaning sobiq rahbarlari va futbolchilarining fikri bilan "Darakchi" gazetasining 13-sonida tanishasiz.

“...ushbu fikrlar va hulosalardan kelib chiqqan holda, “Buyuk Xitoy Devori” kabi mustahkam bo`lgan Farg`ona futbolining parchalanganiga amin bo`lamiz.  Biz esa tez orada ushbu muammolar bartaraf etilib, haqiqat qaror topishidan umidvormiz. Muxlislar aytganidek, futbol fonogramma emas. Unda barcha jonli o`ynashi kerak. Futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar va ularning maoshlari ham fonogramma qilinishi mumkin emas. Farg`onaga futbolni qaytarish uchun barchamiz birdamlikda harakat qilishimiz kerak. Har kim o`z fikrini to`g`ri deb xisoblaydi. Kimdur uni yana boshqasi buni tarafini oladi. Biroq, jamoaning ko`rsatayotgan o`yinlari va natijalari barchasini isbotlab qo`ymoqda. Qo`pol qilib aytganda, “Neftchi” jamoasi qimorxona emas. Jamoaga ko`zi to`q va fidoiy insonlar kelishini kutib qolamiz...”

O`tkazib yubormang, faqat “Darakchi”da!

    Boshqa yangiliklar