AsosiyJamiyat

Samarqand va Shahrisabzdagi tarixiy obidalarda QR-kodlar joriy etildi

'Samarqand va Shahrisabzdagi tarixiy obidalarda QR-kodlar joriy etildi'ning rasmi

Madaniyat vazirligi, turizmni rivojlantirish qo`mitasi va «Texno Dargoh» MChJ tomonidan amaliyotga tatbiq etilayotgan VERUM QR hamkorlikdagi loyihasi doirasida Samarqand va Shahrisabz shahridagi sayyohlik ob`ektlari QR-kodlar bilan ta`minlandi, deb xabar beradi turizmni rivojlantirish qo`mitasi matbuot xizmati.

Mazkur QR-kodlar sayyohlarga bir necha soniya ichida tarixiy ob`ekt, yaqin hududda joylashgan mehmonxona, restoran va boshqa diqqatga sazovor maskanlar haqida ma`lumot olish imkonini beradi. Ma`lumotlar 12 tilda taqdim etiladi.


    Boshqa yangiliklar