Fransiyada ish beruvchilarga ish kuni yakunlangach o`z xodimlariga qo`ng`iroq qilishlari taqiqlandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Fransiya ish beruvchilari hamda kasaba uyushmasi o`rtasida imzolangan yangi kelishuvga ko`ra, rahbarlar o`z xodimlari bilan haftasiga 133 soat bog`lanish huquqiga ega emaslar. Ushbu vaqt dam olish uchun ajratilgan.
Xususan axborot texnologiyasi sohasidagi ish beruvchilar uchun yangi qonun juda ham qattiq. Ushbu qonun Fransiyadagi Google va Facebook kompaniyalariga ham tegishli. Ushbu kompaniya xodimlari 18:00 so`ng o`z telefonlarini o`chirib qo`yishlari kerak bo`ladi. Shuningdek, rahbar o`z xodimlarini uydan elektron pochtani tekshirtirmaslikka kafolat berishlari kerak.