1

O`zEOAVMA va uning faol NTT tomonidan 70 dan ziyod taklif bildirildi

Jamiyat 15.01.2018, 17:29
O`zEOAVMA va uning faol NTT tomonidan 70 dan ziyod taklif bildirildi

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasiga O`zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi va uning faol nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan 70 dan ziyod taklif bildirildi.

O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi Media xollida ushbu bildirilgan taklif va mulohazalar ekspertlar tomonidan muhokama qilindi.

Tadbir O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

O`tgan qisqa vaqt davomida Davlat dasturi loyihasi yuzasidan fuqarolardan 4 yarim mingga yaqin fikr va taklif bildirilgani yurtdoshlarimizning bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq emasligi, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar har tomonlama puxta va mukammal ishlab chiqilishiga o`z hissasini qo`shishga tayyorligini ko`rsatishi ta`kidlandi.

Muhokamada davlat dasturi loyihasiga berilgan takliflar tahlil qilindi. Xususan, NNTlarning davlat idoralari va tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, aholi bandligini ta`minlashda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatidan keng foydalanishga alohida e`tibor qaratish lozimligi qayd etildi. Mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko`maklashish bo`yicha maslahat markazlarida davlat organlari, tijorat banklari va boshqa vakolatli idoralar bilan hamkorlikda tadbirkorlikni boshlamoqchi bo`lgan fuqarolarga qisqa muddatli o`quv kurslarini tashkil etish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1