1

Mahalla raisi haj pulini "tuya qildi"

Jinoyat 16.01.2018, 09:33
Mahalla raisi haj pulini "tuya qildi"

Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumanida istiqomat qiluvchi uch nafar mehnat faxriysi muqaddas haj ibodatiga pora berib bormoqchi bo`ldi.

Ba`zi bir insonlarning fe`l-atvoridan hayron qolasan kishi. Ularni “soddadil” deb rahm-shafqat, hamdardlik ko`zi bilan qaraging keladi-yu, ba`zi qilmishlarini ko`rib “hayf!” deyishdan o`zga chorang qolmaydi.

Qisqa muddat tumandagi mahalla fuqarolar yig`inlaridan birida rais lavozimida ishlagan 34 yoshli K.M ismli shaxs mehnat faxriylariga “Sizlarni navbatsiz hajga yuboraman, poytaxtdagi yuqori idoralarda ishonchli odamim bor”, deb va`da berib, ulardan 76 million so`m miqdoridagi pulni oladi. Bu, albatta o`zining “xolis xizmati”dan tashqari, ya`ni bankka to`lanadigan mablag` edi.

"Uddaburon" rais har biri 22 million 690 ming so`m pulni Milliy bankning tuman filialiga topshirgani to`g`risida qalbaki hujjatlar tayyorlab, ularning qo`liga tutqazadi.

Ko`p o`tmay K.N.ning katta miqdordagi mablag`ni o`z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani fosh bo`ldi. Ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Hayron qolasan kishi, hajga borish istagida bo`lgan keksalarning farzandu nabiralari, qarindosh-urug`, qolaversa, mahalla faollari bu mashmashadan bexabar bo`lgan bo`lsa?! Nazarimizda bo`lgan, faqat yana o`sha loqaydlik, e`tiborsizlik oqibati bu.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1