1

Kafe va restoranlar 24 soat ishlashlari mumkin bo`ladi

Jamiyat 16.01.2018, 09:50
Kafe va restoranlar 24 soat ishlashlari mumkin bo`ladi

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi O`zbekiston jamoat tanovul muassasalari tegishli sertifikatga ega bo`lishsa va tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta`minlay olishsa 24 soat ishlashlarini ma`lum qildi.

Qo`mita tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilgan. Bu haqda 15 yanvar kuni o`tgan matbuot anjumanida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov ma`lum qildi.

Davlat qo`mitasi raisining ta`kidlashicha, buning uchun kafe va restoranlar boshqa mamlakatlarda keng qo`llaniladigan tourist-friendly sertifikasiyasidan o`tishlari lozim.

Shuningdek asosiy talablar ham aytib o`tildi: sanitariya me`yorlariga rioya etilishi, ingliz tilidagi menyu va boshqalar.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1