1

O`zbekiston Turizm qo`mitasi aviareyslarga chiptalarni arzonlashtirish ustida ishlamoqda

Jamiyat 16.01.2018, 14:57
O`zbekiston Turizm qo`mitasi aviareyslarga chiptalarni arzonlashtirish ustida ishlamoqda

O`zbekiston Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi Aziz Abduhakimov Toshkentda bo`lib o`tgan matbuot-anjumani davomida rossiyaliklar orasida eng keng tarqalgan turizm turi va aviachiptalar narxi pasaytirilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.

Aziz Abduhakimovning so`zlariga ko`ra, rossiyaliklarning O`zbekistonga kelishi faollashgan va turistlar oqimini uchta toifaga bo`lish mumkin.

"Rossiya markazidan O`zbekistonga kelayotgan, bizning madaniyatimizdan bahra olib, milliy taomlarimizni tatib ko`rishni xohlovchi, qadimiy shaharlarda bo`lishni istovchilar bor. Mehmonlarning boshqa qismi — musulmon regionlar — Shimoliy Kavkaz, Tatarston, Boshqirdistondagi rossiyaliklardir. Bu odamlar, shu jumladan bizning o`lkaga muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish uchun kelishadi. Bular bilan biz hozirda faol aloqadamiz, bu mintaqalarning rahbarlari mamlakatimizga tashrif bilan kelishdi va biz ular bilan hamkorlik to`g`risida kelishdik. Shuningdek, ayni vaqtda vitamin turizmi ham ommalashmoqda. Bunda Sibir aholisi mavsumlar orasida meva uchun keladilar. Meva eb, sog`lomlashish uchun", — deb qayd etdi Davlat Turizm qo`mitasi rahbari.

U shuningdek, Rossiyaning alohida regionlaridan sayyohlar temiryo`l transportida kelishayotganini va u ancha arzon tushishini qo`shimcha qildi.

Aviatashuvlar arzonlashuviga keladigan bo`lsak, Abduxakimovning so`zlariga ko`ra, bu tez kechmaydigan va murakkab masala, ammo bu yo`nalishda ishlar olib borilmoqda.

"Biz hozirda milliy aviakompaniya bilan birgalikda bu masalani hamkorlikda muhokama qilyapmiz, bu yo`nalishda o`zgarishlar bor — ichki aviareyslarga chegirmalar e`lon qilindi. Xalqaro aviatashuvlarga keladigan bo`lsak, narx tushirilishi uchun sayyohlar mamlakatda ko`proq pul qoldirishlari kerak, bu o`zini oqlashi uchun. Aviatashuvchilar bilan bu borada aniq tushunchalarimiz bor, tez orada bu mavzuda yaxshi xabarlarni kutsangiz bo`ladi", — deb xotima qildi Davlat Turizm qo`mitasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1