AsosiyShou-biznes

“Xit”lar taqdim etmagandirman, ammo..."

'“Xit”lar taqdim etmagandirman, ammo..."'ning rasmi

Maftunkor Shahzoda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyuda, o`zbek estradasi haqida bir yillik shaxsiy tahlili bilan bo`lishdi...

Shahzoda: — Estrada yo`nalishidagi ijod 2017 yilda samarali bo`ldi. Hamkasblarim Yulduz Usmonova, Gulsanam Mamazoitova, Yulduz Turdieva, Ulug`bek Rahmatullaev, Ziyoda Qobilova, Shohruhxon, Nilufar Usmonova, Munisa Rizaeva, Umidaxon juda faol ishlashdi. O`zimga kelsak, to`g`ri “umri” yillarga etadigan “xit”lar taqdim etmagandirman. Lekin juda ko`p qo`shiq yozdim va hammasini ham muxlislarga havola qilmadim. 2018 yilda ham rejalarim talay, gastrollar juda ko`p bo`ladi. Albatta yangi qo`shiqlar ham. Buning uchun avval yaxshilab dam olishim kerak.


Eslatib o`tamiz, Shahzoda yaqindagina Arab Amirliklarining Dubay shahridan qaytdi. Yangi yilni o`sha erda kutib olgan xonanda ayni kunlarda ijodiy yangiliklar taqdim etishga bel bog`lagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar