AsosiyJamiyat

O`zbekistonda shahar va xalqaro telefoniya narxlari oshadi

'O`zbekistonda shahar va xalqaro telefoniya narxlari oshadi'ning rasmi

2018 yilning 1 fevral kunidan boshlab shahar telefoni uchun narxlar o`rtacha 30 foizga oshadi. Xalqaro telefon qo`ng`iroqlari va sun`iy yo`ldosh aloqasi tariflari esa 70 foizga oshadi.

“O`zbektelekom” AKning xabar berishicha, shu kunga qadar tashkilot sifatli xalqaro aloqa xizmati xarajatlarini o`z zimmasiga olgan bo`lib, qo`shni davlatlarning operatorlari narxlarni oshirgan bo`lsa-da, pasaytirilgan narxni sun`iy tarzda ushlab turgan.

Eslatib o`tamiz, shahar va xalqaro telefoniya tariflari o`tgan yilning oktyabr oyida ikki baravarga oshirilgan edi.

    Boshqa yangiliklar