Umar Rajabov boshchiligidagi “Umar Company” kompaniyasi Samarqand shahrida bolalar bog`chasi qurilishini boshladi, u shaharning qoq markazida, Mustaqillik va Shohrux Mirzo ko`chalari o`rtasida, 1-sonli (sobiq 32-maktab) ixtisoslashtirilgan maktab hududida joylashadi.
“Umar Company” qurilish ishlari uchun 8 mlrd so`m ajratdi. Bo`lajak bog`chaning umumiy maydoni 2 500 kv.m.
Kompaniya o`z faoliyatida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga doimiy ravishda e`tibor qaratadi. O`z ishini davom ettirib, kompaniya bolalar bog`chasidagi 150 o`rindan 100 o`rinni kam ta`minlangan oilalar farzandlari uchun ajratmoqchi.
Ushbu loyiha innovasion talablarga muvofiq keladi, shuningdek, bog`chada bolalar xavfsizligi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Xonalar issiq va yorug` bo`ladi. Bog`cha binosi atrof-muhit bilan yaxshi uyg`unlashadi. Bog`cha yotoq xonalari, o`yin va oshxona zonalari bilan jihozlangan, 5 martalik ovqat ko`zda tutilgan.






