1

Kelin qaynotasining 600 dollar pulini o`g`irlab ketdi

Jinoyat 17.01.2018, 14:38
Kelin qaynotasining 600 dollar pulini o`g`irlab ketdi

1952 yilda tug`ilgan nafaqaxo`r Q.Itolmasov Buxoro tuman ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.

Fuqaro o`z arizasida noma`lum shaxs uning xonadonida bo`lgan temir sandig`i ichidan 600 AQSh dollarini o`g`irlab ketganligini bildirgan.

Ichki ishlar organlari tezkor xodimlarining sa`y-harakatlari bilan ushbu jinoyat fosh etildi. Aniqlanishicha, jabrlanuvchi Q.Itolmasovning kelini 1977 yilda tug`ilgan M.Sultonova qaynotasining uyda yo`qligidan foydalanib, uning yashash xonadoniga kiradida, u erda ochiq holda turgan temir sandiq ichidan 600 AQSh dollarini yashirin ravishda qo`lga kiritadi.

Hozirgi kunda o`z xonadonida o`g`rilik qilgan kelinga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi(O`g`rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1