AsosiyJamiyat

Alisher Usmonov "Qadimiy Buxoro" loyihasiga homiylik qiladi

'Alisher Usmonov "Qadimiy Buxoro" loyihasiga homiylik qiladi'ning rasmi

Asli o`zbekistonlik bo`lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov superzamonaviy turistik majmua bo`lmish — "Qadimiy Buxoro" loyihasida beg`araz homiylik sharti bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda Davlat turizmni rivojlantirish qo`mitasi rahbari Aziz Abduhakimov ma`lum qildi.

Yangi turistik zonasi G`ijduvon ko`chasi va "Qo`xna va boqiy Buxoro" madaniy majmuasi oralig`ida joylashgan 10 gektar joyda barpo etiladi. Zona maydonida pastqavatli zamonaviy mehmonxonalar, madaniy-sog`lomlashtirish va savdo-ko`ngilochar markazlarini barpo etish rejalashtirilgan. Ularda kunu-tun chet ellik sayyohlarga xizmat ko`rsatish va maroqli hordiq chiqarish ta`minlanishi ko`zda tutilgan.

Turistik zonada turli shoular, tarixiy voqealarni aks ettirgan teatrlashtirilgan konsert tomoshalari namoyish etiladi va folklor ansambllari bilan bir qatorda zamonaviy estrada xonandalari chiqishlari, modalar namoyishi va boshqa tomoshabop tadbirlar tashkillashtiriladi

Ob`ekt to`liq O`zbekiston tomoni ixtiyorida bo`ladi.

"Alisher Usmonov ushbu loyihaning homiysi sifatida, deylik mesenat tarzida ishtirok etmoqda. Katta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan, aniq byudjet ham bor, ammo aniq raqamlar loyihalashtirish ishlari natijalariga ko`ra ma`lum bo`ladi", — deb qayd etdi Abduhakimov.

Buxoroning qadimiy qismi to`liq bepul Wi-Fi bilan qoplanadi.

    Boshqa yangiliklar