O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov O`zAga intervyu berdi. Suhbat davomida u hozirgacha ko`pchilikka ma`lum bo`lmagan ayrim sirlarni oshkor etdi.
— Prezident kimningdir manfaatini emas, xalq, davlat manfaatini o`ylab ish qilayapti. Lekin, keyin ma`lum bo`lishicha, qaysidir bir aeroportda samolyotimiz ushlangan. Tillalar hibsga olingan. Maxsus xalqaro komissiya barcha ishlarni tekshirgan. Tahlil qilib ko`rilgach, bu tadbirda hech kimning qora niyati, shaxsiy manfaati yo`qligi sababli va bu operasiya endi mustaqillikni qo`lga kiritgan xalqning manfaati va jahon xaritasida yangi paydo bo`lgan yosh davlatning bir martalik tadbiri ekanligi kabi asl sabablari tushuntirilgach, muammo diplomatik va yuridik yo`llar bilan hal qilindi.
O`zbekiston milliy axborot agentligi rasmiy saytida maqolaning to`liq matni hamda Rahim Rajabov shaxsiy arxivida saqlanayotgan nodir fotosuratlar e`lon qilinishi kutilmoqda.






