AsosiyDunyo

Amerikalik fermer og`zidan “olov purkayotgan” hayvonni namoyish qildi (Video)

'Amerikalik fermer og`zidan “olov purkayotgan” hayvonni namoyish qildi (Video)'ning rasmi

Amerikaning Ayova shtatida lama ko`paytirish bilan shug`ullanuvchi Aron Shuls ismli fermer Korisa laqabli lamaning og`zidan “olov purkayotganligi”ni videoga oldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, videoni tomosha qilganlar Shulsni montaj qilganlikda gumon qilishdi, ammo u bu real voqelik ekanligi, hech qanday firibgarliklar bo`lmaganligini ma`lum qildi.

Lamaning egasi sovuq havo tufayli optik illyuziya ro`y berganligini bildirdi. U lamani videoga olayotganda havo Selsiy bo`yicha minus etti daraja bo`lgan. Hayvon nafas olayotganda og`zidan chiqqan bug` quyoshning ilk nurlari ostida tovlanib, “olov” rangga kirgan.

Boshqa yangiliklar