1

Samarqandda YPX xodimini do`pposlagan mushtumzo`r aniqlandi (video)

Jinoyat 18.01.2018, 11:07
Teglar: Video
Samarqandda YPX xodimini do`pposlagan mushtumzo`r aniqlandi (video)

2018 yilning 14 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida yo`l-patrul xizmati xodimlari bilan avtomobil haydovchisi o`rtasida bo`lgan janjal holati aks etgan videotasvir joylashtirilgan edi.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko`ra, ushbu holat tezkorlik bilan o`rganildi. Ma`lum bo`lishicha, «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi Ishtixon tumanida yashovchi U.D.E. yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzib, avtomashinani boshqargan.

Yo`l-patrul xizmati xodimlarining qonuniy talablariga itoat qilmasdan harakatni davom ettirib, yo`ldagi tirbandliklardan o`tib ketish imkoniyati bo`lmaganidan majburan to`xtagan. Ushbu joyga etib kelgan YPX xodimlari haydovchi U.D.E.dan avtomobil salonidan spirtli ichimlik xidi kelgani tufayli ruldan tushib hujjatlarni taqdim qilishini so`ragan.

Shu vaqt avtomashina salonida o`tirgan Qo`shrabot tumanida yashovchi yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchi T.S.A. (1992 yilda tug`ilgan) YPX katta inspektori Sh.M. oldiga kelib, hech bir sababsiz unga musht tushirgan va oyoqlari bilan tepgan. Voqea joyiga naryad chaqirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ekspertiza xulosalariga asosan, haydovchi U.D.E. spirtli ichimlik iste`mol qilgani va katta inspektor M.Sh.U.ga tan jarohati etkazib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga itoat qilmagani uchun to`plangan materiallar qonuniy hal qilinishi uchun prokuratura organlariga yuborildi.



Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1