Toshkent shahrida 2017 yilda nechta yangi avtobus yo`nalishi ochildi?
Toshkent shahrida “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan katta sig`imli 50 dona “MAN” rusumli, o`rta sig`imli 140 dona “ISUZU” rusumli avtobuslar xarid qilinib, yo`nalishlarga chiqarilgan.
“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.Jo`raevning ta`kidlashicha, 2017 yilning iyun oyida yo`nalishlarga o`rtacha 832 dona avtobus chiqarilgan bo`lsa, hozirgi kunga kelib shahardagi avtobus yo`nalishlariga kuniga mingdan ortiq avtobuslar chiqarilmoqda.
Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, aholining istaklari va yo`lovchi oqimini o`rganish natijalaridan kelib chiqqan holda 2017 yilda poytaxtda 6 ta yangi avtobus yo`nalishi ochilgan.






