Amerikaning Ogayo shtatida bo`lib o`tgan sud jarayonida 16 yoshli o`smir bola to`pponcha o`qidan yaralanib, halok bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Fojia o`q otar quroldan foydalanish xavf-xatari to`g`risidagi sud jarayonida yuz berdi. Franklin okrugi prokuror muovini voyaga etmagan gumonlanuvchi va uning qarindoshlari orasida yuzaga kelgan janjalga aralashdi. Oqibatda ular prokuror muovini yiqitib, kaltaylay boshlashdi. Shu u to`pponchasidan o`q uzdi. O`q 16 yoshli gumonlanuvchiga tegdi. Bola kasalxonada o`ziga kelmasdan olamdan o`tdi.






