1

Chexiyada o`tkazilgan xalqaro tanlovda o`zbekistonlik yosh musavvirlar g`olib bo`ldi

Madaniyat 18.01.2018, 13:37
Chexiyada o`tkazilgan xalqaro tanlovda o`zbekistonlik yosh musavvirlar g`olib bo`ldi

2017 yil Chexiyaning Lidise shahrida bo`lib o`tgan bolalar badiiy ijodiyotiga oid xalqaro tanlovning yaqinda e`lon qilingan natijalariga ko`ra, o`zbekistonlik besh nafar yosh musavvir rasmlari mazkur tanlovda mukofotga munosib topilgan, deb yozadi O`zA.

Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san`at akademik liseyi o`quvchisi Nodirxo`ja Fatxullaxo`jaev musiqa olamiga sayohat mavzuidagi surati uchun tanlov medaliga munosib topildi. Eng yaxshi o`quv maskani uchun yo`nalishi bo`yicha esa mazkur bilim dargohining o`quvchilari Nuriddin Hojixo`jaev, To`lqin Ziyodullaev, Abror Abduhakimov va Bo`ron Aliboev chizgan rasmlar faxriy mukofotlarga sazovor bo`lgan.

"Lidise – 2017" xalqaro ko`rgazmasida jahonning 80 dan ortiq davlatidan 25 ming nafardan ziyod o`g`il-qizning "Sayohat" mavzuidagi rang-barang rasmlari namoyish etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1