Bugun, 18 yanvar kuni Qozog`istonda yo`lovchi avtobusi yonib ketdi va oqibatda 52 kishi halok bo`lgani haqida xabar bergan edik. Ushbu fojia yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy xabar bilan chiqdi.
TIV axborot xizmatining xabariga ko`ra, avtobusda bo`lgan 57 nafar yo`lovchidan 2 nafar haydovchi Qozog`iston fuqarosi bo`lgan. Avval xabar berganimizdek, yonayotgan avtobusdan 5 nafar odam qutulib qolishga ulgurgan.
Jarohatlangan 5 nafar — 2 nafar haydovchi, 3 nafar yo`lovchi bo`lib, ularning shaxsi aniqlandi — O`zbekiston fuqarolari Ahror Isakov (14.04.1988 y.t.) va Isroiljon Mirzaahmedov (10.01.1980 y.t.). Qolgani Qozog`iston fuqarolari.
Xabarlarga ko`ra, O`zbekistondan Oqto`ba viloyatiga maxsus samolyot uchib ketishi kutilyapti. Qayd etilishicha, 52 nafar qurbonlarning orasida O`zbekiston fuqarolari ham bo`lishi mumkin.
Oqto`ba viloyatining favqulodda vaziyatlar departamentida viloyat akim o`rinbosari rahbarligida tezkor shtab tuzilgan bo`lib, «tezkor raqamlar» ishlab turibdi: +7 7132 56-29-62, +7 7132 56-68-85.
O`zbekistonning Qozog`istondagi elchixonasining maxsus telefon raqamlari: + 7 777 218 20 10, el-pochta: emb-uzbekistan1@mail.ru.





